“Yashil makon” umumilliy loyihasi tadbiri “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida
Davlatimiz rahbari, muhtaram Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish vazifasi belgilangan. Yurtimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2022 yil 20 oktyabrdan «dolzarb 40 kunlik» tadbirlari boshlangan.
Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimiz va mahallalarda yashil maydonlar hududi bo‘yicha bir qator ko‘kalazorlashtirish va archa va manzarali daraxtlar ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi bo‘yicha bugun unversitetimizda ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Mazkur ko‘kalamzorlashtirish tadbiri O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat ko‘mita bilan hamkorlikda hamda ushbu qo‘mitaning homiyligida mutaxassislar yordamida tashkil etildi.
Bugungi tadbirda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Mirzo Ulug‘bek tumani vakillari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar jamoasi hamda universitet Yoshlar ittifoqi yetakchilari faol ishtirok etishda.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘kalamzorlashtirish tadbirida universitet hududida 100ga yaqin archa va manzarali daraxtlar ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2022 yil 20 oktyabrdan boshlangan «dolzarb 40 kunlik» tadbirlari universitetning “O‘quv tajriba xo‘jaligi” hududlarida hamda Toshkent shahrining universitetimizga biriktirilgan mahallalarida ham davom etadi.
“TIQXMMI” MTU Yer resurslarini boshqarish fakulteti dekani Sh.Narbaev axboroti