TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

Yashil makon-tabiat va inson uyg‘unligi muvozanati

2024 yil 4 aprel kunisoat 10:30 da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Jamg‘armaning ma’ruzalar zalida jamg‘armaning raisi Salimov Oqil Umurzoqovich hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Hojimatov Minhojiddin Mirzajonovichning “Yashil makon-tabiat va inson uyg‘unligi muvozanati” mavzusidagi ma’ruzalari bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda Magistratura bo’lim boshlig’i A.Yangiyev, Ekologiya va huquq fakulteti dekani X.Pirmatov, Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri A.Xomidov va “TIQXMMI” MTUning professor-o’qituvchilari, iqtidorli bakalavr va magistrature bosqichi talabalari va doktorantlar ishtirok etdi.

 

Ekologiya va huquq fakulteti dekani  

X.Pirmatov