TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

“Yashil makon” loyihasi davom etmoqda

“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni shunchaki nomiga emas, balki, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”, - dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.

4 aprelda “Tabiatni asraylik” shiori ostida “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani A.N.Inamov  boshchiligida universitetimiz hududidagi “Abdulla Oripov” nomidagi bog‘ga manzarali ko‘chatlar o‘tkazishdi. Tadbir davomida fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar qatnashishdi. Yurtimizda yashil maskanlar qancha ko‘p bo‘lsa, tabiat bilan uyg‘unlik hosil bo‘lib, atrofdagi toza havo salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

      Universitet matbuot xizmati