TIQXMMI yangiliklari

img
18.02.2022

Yaponiya kompaniyasi bilan hamkorlik

Joriy yilni 17 - fevral kuni TIQXMMI MTU rahbariyati va Biztech Inc kompaniya prezidenti bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda rektor B.Mirzayev, Xalqaro hamkorlik boyicha prorektor A.Saloxiddinov, Xalqaro hamkorlik bolimi boshligi Sh.Raxmonovlar ishtirok etishdi.  Shu bilan bir qatorda “Biztech Inc” kompaniya prezidenti Chie Seto O’zbekistonda amalga oshirmoqchi bo’lgan rejalari haqida gapirib o’tdi. Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalla va universitet ortasidagi uzviy bogliqlik va hamkorlikdagi ishlar haqida malumot berildi. TIQXMMI MTU bilan kelajakda hamkorlik yo’llarini mustahkamlash va loyihalar qilishni, ular tomonidan qanday yordam kerakligini ta`kidlab o’tdi. Mazkur uchrashuvda TIQXMMI MTU o’zida bo’lgan barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlarini hisobga olgan holda takliflar berib o’tdi.

Universitet matbuot xizmati