TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2022

Yangi yetakchilar jamoasi tuzildi

Joriy yilning 5-oktyabr kuni universitetimizning QSXET fakultetida, dekan muovini A.Mutalov fakultet faollari a'zosi T.Ergashov, fakultet tyutorlar jamoasi va yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Ubaydillayev tomonidan tashkillashtirilgan "Yoshlar ittifoqi sardorlar saylash" kengashi bòlib òtdi.  Bunda fakultet yoshlar ittifoqi safini yanada kengaytirish, 1-bosqich talabalarini jalb etish, hamda talabalar  òrtasida faol bòla oladigan yangi yetakchilar jamoasini tuzish edi. Bugungi yiģilish oxirida fakultet yetakchilari safiga yangi qòshilgan talabalar mamnun bòlib tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirgan holda ketishdi.

QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti

Universitet matbuot xizmati