TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2022

Yangi standartlar davr talabi

Joriy yilning 15-aprel soat 15:00 da universetetimizning V-bino 8-zalda "Seminar" bo'lib o'tdi. Seminar asosan "21 asrda xizmat ko'rsatishda yangi standartlar" mavzusida bo'ldi.

Bu seminarga "BTS EXPRESS" bosh direktori, "BIG DATA" loyihasi asoschisi Bekzod Jalilov hamda "BTS EXPRESS" kompanyasi rivojlanish bo'yicha direktor o'rinbosari Shuhrat Azimov qatnashdilar.

Seminarda QSXET fakulteti talabalari, tyutorlari, fakultet dekan o‘rinbosari, dekan Isakov Abdusaid Jalilovich ham qatnashdilar. QSXET fakulteti dekan o'rinbosari Alisher Mutalov seminar qiziqarli bo‘lishini treningda qatnashish orqali ta'minladi.

Seminarga tashrif buyurgan "BTS EXPRESS" bosh direktori Bekzod Jalilol  o'z biznes rejalarini talabalar bilan bo'lishdi va talabalarga biznes rejalar yaratishga yo'llanma berdilar. Seminar oxirida QSXET fakulteti dekani Abdusaid Isakov so'zga chiqib ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.

 

        QSXET fakultetining 1-bosqich talabasi To‘lqin Ergashev axboroti

                   Universitet matbuot xizmati