TIQXMMI yangiliklari

img
11.04.2023

Yangi pedagogik texnologiyalar amalda

So‘nggi yillarda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim jarayoniga ham innovasiyalar keng joriy qilina boshlandi. Flipped Classroom texnologiyasi ham o‘qitishning ana shunday innovasion g‘oyasi sifatida amaliyotga joriy qilindi va xozirda o‘z samarasini bermoqda. Flipped Classroom” texnologiyasining ijobiy tomonlari haqida so‘z borganda vaqt tejalishini alohida qayd etish lozim.

Ushbu texnologiyaning mazmuni va o‘quv jarayoniga qo‘llashdagi shart-sharoitlarni o‘rganish fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlar yoshlar uchun an’anaviy darslarni zerikarli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. Chunki ta’limning bu shaklida yangi mavzuning mazmunini batafsil tushuntirishga extiyoj bo‘lmaydi.

Professonal ta’lim kafedrasi mudiri Durdona Mustafoeva SXM “Professonal ta’lim” yo‘nalishi 2 bosqich talabalari bilan yangi texnologiяlar asosida amaliy mashg‘ulot olib borishi natijasida talabalarning auditoriyadagi o‘quv mashg‘uloti faol kognitiv muloqot asosida tashkil qilinishi, bu talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi hamda barchani tinglash va barchaning fikr bildirish imkoniяti oshishiga erishilgan. Bu esa o‘z navbatida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kognitiv muloqotini yanada rivojlanishiga as qotadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarga omadlar tilaymiz!