TIQXMMI yangiliklari

img
03.03.2022

Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga bagʼishlandi

“Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” fakulteti xotin - qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova tomonidan “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning dolzarbligi muhokamasiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda barcha fakultet ayollar jamoasi va talaba qizlari, universitet xotin - qizlar maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishdi. Prezidentimizning “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar xususida fikr almashildi.  Fakultet xotin-qizlar kengashi aʼzosi, tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori (Phd) X. Botirova soʼzga chiqib, Oʼzbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yoʼnalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga toʼxtalib, Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish ustuvor yoʼnalishlari haqida gapirdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan ham fikrlar bildirilib, maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan masalalar xam 7 ta ustuvor yoʼnalishda qamrab olingani aytib oʼtildi. Tadbirda, so'z olgan xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolari dotsent F.Yunusova, R.Kodirova va talaba qizlar ham mavzuga oid oʼzlarini taklif hamda tavsiyalari bilan faol qatnashdilar.

Universitet matbuot xizmati