Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga o‘rin yo‘q
9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash" kuni munosabati bilan bugun "TIQXMMI" MTU "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida guruhlar orasida rasmlar tanlovi, turli flesh-moblar, videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.
Shuningdek, fakultet dekani o‘rinbosari J.Turdiyev va tyutorlar boshchiligida “Korrupsiya-jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati hamda Universitet psixologi M.Muxammedova tomonidan “Sizning korrupsiyaga munosabatingiz” mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.
Tanlovlar natijalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
SXTE va B tyutori M.Vafoeva axboroti
Universitet matbuot xizmati