Yangi oʻzbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning o’rni
Yurt taraqqiyotida xotin-qizlarning o’rni beqiyosdir, nafaqat oilada, balki jamiyatning turli jabhalarida faoliyat yuritayotgan ayollarning yutuqlari misolida ham buni ko’rishimiz mumkin. Qolaversa, ayollarga bo’lgan chinakam g’amxo’rlik va e’tibor namunasini oxirgi kunlarda chiqayotgan qarorlar ham isbotlaydi. Xo’sh, bugun yangilanish bosqichida tobora rivojlanib borayotgan O’zbekistonning olima va oqila ayoli qanday talablarga javob bermog’i lozim? Ilm-fan yutug’i yo‘lida yurt ravnaqiga hissa qo’shayotgan xotin-qizlarga qanday imkoniyatlar mavjud? Ana shunday dolzarb savollarga 2022-yilning 11-mart sanasida 4-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakulteti qizlari bilan Nuraliyeva Zilola, Axmedjanova Gulchehra va Tursunova Zilolalardan iborat tyutorlar jamoasi davra suhbati olib borishdi. Qizlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi va mavzu doirasidagi yangiliklar, imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi. Bir so’z bilan aytganda davra suhbati manfaatli bo’ldi va qizlarimiz kelgusi rejalari uchun foydali ma’lumotlar olishdi. Davra suhbatini oʻtkazishdan maqsad universitetda ta’lim olayotgan talaba qizlarning ilm-fandagi faolligini oshirishdan iborat.
Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola axboroti
Universitet matbuot xizmati