TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2022

“Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi ” mahallalarda

Bugungi kunda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari respublikamizning barcha  hududlarida  maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini  olib bormoqda. Shuningdek, mamlakatimizda  amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Yangi Oʻzbekistonni barpo etilish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar  mazmun – mohiyati haqida tushuntirish berib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berishmoqda

Xususan, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari qatorida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligining mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Zuxra Ismailova  ham faol qatnashdi. Maʼruzachilar tomonidan aholiga “Harakatlar strategiyasidan taraqqiyot strategiyasiga” tamoyili asosida keyingi besh yillikga moʻljallangan  strategik maqsadlar, “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan  maqsad va ustuvor vazifalar haqida  atroflicha  tushuntirishlar berildi va davra suhbati tashkil etildi

2022 yil 13 apreldan 16 aprelgacha Fargʻona viloyati Margʻilon shaharining “Saxovat, “Xoʻja porso” “Bobur”, “Mustaqillik”, “Kosibchilik”, “Alisher Navoiy”,  «Majad”, “A.Yassaviy”, “Orol boʻyi”, “Chilonzor”, “Navbahor”, “Yangi hayot”, “Navroʻz”, “Zuxro”, “Vatan” mahallalarida “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida targʻibot tadbirlari  tashkil etildi.

Davra suhbatlari muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda “Maʼrifat”  targʻibotchilar jamiyati aʼzolari tomonidan mahalla ahliga bugungi

globallashuv davrida fuqarolar qalbi va ongida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini oshirish, yoshlarning huquqiy immunitetni shakllantirish, qolaversa, qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat hissini uygʻotish, bu borada “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” kitobining ahamiyati xususida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Savol-javoblarga asoslangan muloqot jarayonida yoshlar hamda mahalla fuqarolaridan mulohaza va takliflar tinglanib, ularga zaruriy tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlardan koʻpgina  taassurotlar bilan qaytildi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Aynan universitetimizda bir qancha viloyatlar kesimidan kelib oʻqiyotgan talabalarimiz orasida  bunday davra suhbatlarini olib borish ertangi kunda har bir viloyat, tuman va mahallalarga ular tomonidan ham  “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” kitobining ahamiyati va mazmuni, undagi yoshlarga va talaba qizlarga berilayotgan imkoniyatlaridan ham boxabar boʻlishi yoshlarni kelajak poydevorini qurishida katta ahamiyat kasb etadi.

         Universitet matbuot xizmati