Yangi o'zbekiston-maktab ostonasidan boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 2-aprelda o‘tkazilgan xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan vazifalar katta ahamiyatga ega.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida "TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Oliy matematika" kafedrasi professor-o‘qituvchilari Piskent tumanida joylashgan 20 va 21-maktablarda navbatdagi tashrifini 2024 - yil 7-fevral kuni amalga oshirildi. Uchrashuv davomida bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun mahorat darslari olib borildi, shuningdek ularni universitetimizga jalb etish maqsadida, universitetimizning respublikamizdagi qolaversa dunyo reytingidagi nufuzi hamda undagi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar haqida ma'lumotlar yetkazildi. Shundan so‘ng hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida 2024-yilning mart-may oylarida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha kelishib olindi.
Oliy matematika kafedrasi jamoasi!