TIQXMMI yangiliklari

img
19.05.2022

Yangi O’zbekiston bog’iga tashrif

Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan Yangi O‘zbekiston majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib bergan edilar. Ushbu bog’ga "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti "QSXET" fakulteti tyutori J.Sa'dullayev faol talabalar bilan birga Yangi O'zbekiston bog'iga tashrif buyurishdi. Yangi O’zbekiston bog‘i mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. 104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklidadir. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilgan. Bog‘ hududida Istiqlol majmuasi qurilgan. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk ishlari, O‘zbekistonning yangi qiyofasi namoyon etilgan.

QSXET fakulteti tyutori J.Sadullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati