TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2024

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik yangi shartnomalar bilan

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Ingliz tili" kafedrasi mudiri Isroilova Baxtijon tomonidan keyingi 2024-2025 o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi, istiqbolli rejalar bilan bir qatorda O'zbekistonning boshqa Oliy o'quv yurtlari bilan o'zaro ilmiy-marifiy hamkorlik ishlarini yo'lga qoyish kabi ishlar ham amalga oshirilmoqda.

Xususan, shu masala yuzasidan kuni kecha kafedra o'qituvchisi Yuldashova Nargiza kafedradan mas'ul a'zo sifatida Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurib, "Xorijiy tillar" kafedrasi bilan 2024-2024-o'quv yili uchun kafedralararo ikki tamonlama shartnoma imzolashdi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi Nargiza Yuldashova axboroti

Universitet matbuot xizmati