Yangi o‘quv yilida barcha talabalar turar joyida talabalarni joylashtirish qizg‘in tarzda ketmoqda
Bugun barcha fakultetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari har bir talaba va ularning ota-onalari bilan muloqot qilib, ularni talabalar turar joyga joylashtirish maʼmuriy reglament talablari asosida amalga oshirilishi, bunda davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar-joyiga joylashishi 1 kurslar faqat davlat xizmati markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshirilishi hamda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilganligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berib o‘tmoqda. Yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish yangi o‘quv yili uchun anʼanaviy tarzda berilgan kvotaga muvofiq shaffof amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza universitet talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga muvofiq 3- sentyabrga qadar joylashtirilishi lozimligi hamda talabalar turar joyida joylashmagan talabalar fakultet dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar tomonidan aniqlangan ijara uylariga joylashishga tafsiyalar berilmoqda. Shu bilan birga ijara uylariga joylashgan talaba-yoshlar, ijara shartnomasi tuzish kerakligi ijara pulining 330ming to‘lovi universitet tomonidan to‘lab borilishi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berib o‘tilmoqda. Talabalarni turar joy bilan taʼminlashning shaffof va samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan ustuvorlikka muvofiq joylashtirilmoqda. Unga ko‘ra, batafsil tushuntiriladigan bo‘lsa, talabalar yotoqxonaga imtiyozli va umumiy ro‘yxat mezonlari bo‘yicha ketma-ketlikda navbat asosida joylashtirilmoqda.