27.06.2022
Yangi nafasning yangi zafari
2022 yilning 26 iyun kuni mamlakatimizda "Yangi nafas" shiori ostida 3 kilometrga yugurish musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqalar respublikamizning 8 ta hududida bir vaqtning o’zida tashkil etilgani hamda asosan yoshlarni qamrab olgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Musobaqada universitetimizdan 150 nafar talaba, tyutorlar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo’nalish mas’ullari ishtirok etishdi. Bu harakat chinakam ma’noda yangi zafarga aylandi. Musobaqa yakunida estrada yulduzlari ishtirokidagi katta galakonsert namoyishi yoshlarga chinakam quvonch bag’ishladi.
Universitet matbuot xizmati