TIQXMMI yangiliklari

img
27.11.2021

Yangi innovatsion g‘oyalar taqdimoti

2021-yil 22-27 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan an’anaviy va onlayn formatda Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi (InnoWeek) o‘tkazildi. Xammamizga ma’lum, InnoWeek mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari, investitsiya fondlari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes-inkubatorlar uchun asosiy tadbir hisoblanadi. Mazkur tadbirda TIQXMMI tomonidan bir qancha innovatsion g‘oyalar taqdimoti ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

Respublika miqyosida Forumida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan 37 ta moliyalashtirilgan, tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar ichida institutimiz tomondan T-OT-2021-181 sonli “Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida egat ko‘ndalang kesimining turg‘un profilini va loyihaviy nishabligini ta’minlovchi yangi texnologiya va texnik vositani yaratish” mavzu doirasida yaratilgan texnik  vositaning tajriba nusxasi namoyish qilindi. Forum qatnashchilariga mazkur yaratilgan texnik vositaning ijobiy tomonlarini prof.Matyakubov B.Sh., mustaqil tadqiqotchi Atajanov A.U., tayanch doktorant  Xayitova M.S.lar tushuntirib berishdi.

Shu bilan bir qatorda texnik vositadan foydalanishda avtomatikaning o‘rni, suv resurslarining tejalishi va g‘o‘zadan yuqori hosil olish bo‘yicha aniq tushunchalar berib o‘tishdi. Mazkur tadbirda STST mutaxassisligi bo‘yicha 226 guruh magistrlari ham ishtirok etishdi hamda o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olishdi.

 

Tayyorladi: “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori Matyakubov B.Sh.
TIQXMMI matbuot xizmati