TIQXMMI yangiliklari

img
30.11.2021

Yangi imkoniyatlar sari

 O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Qo‘mitasi tashabbusi bilan shu yilning 22-24-noyabr kunlari  “3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Bochcha sport turi bo‘yicha ilk marta O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 30 nafarga yaqin jismoniy imkoniyatlari cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar ishtirok etishdi. Ushbu musoba"qada TIQXMMI "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti 3-kurs talabasi Abdullayeva Munira Azimjon qizi faol ishtirok etib, faxrli   1-o‘rinni qo‘lga kiritib, medal, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa yurtimizda yangi rivojlanayotgan sport turlaridan biri hisoblangan Bochcha bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati sifatida tarixga kirdi. Talabamizning erishgan ushbu g‘alabasi bilan Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari nomidan tabriklaymiz.

 

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati