Yangi g’oya, yangicha qarash - yangi o’zbekiston shukuhi
Innovatsiya, avvalo, yangilik yaratish va kreativlik demakdir. Kashfiyot esa bilimni, tajriba va intellektual salohiyatni talab etadi. Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, joriy etish va natijalariga bag‘ishlangan “InnoWeek” - innovatsion g‘oyalar haftaligi jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Bugun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tayotgan "Kreativ ta'lim va innovatsiyalaг - Yangi O'zbekiston taгaqqiyotining asosi" InnoWeek.Uz-2023 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzaev Baxodir Suyunovich o’zlarining kirish so’zi bilan ochdi. So’ngra Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o’rinbosari Oybekjon o’z mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.
Ko’rgazmadan so’ng uchta sho’baga bo’lingan holda faoliyat davom ettirildi. 1-sho’ba “Ilm-fan va tijoratlashtirish” ko‘rgazmasi” nomi bilan, 2-sho’ba “Kreativ ta’lim” kuni ko‘rgazmasi, 3 -= sho’ba esa “Yoshlar” forumi va “Startap loyihalari tanlovi” ko‘rgazmasi sifatida ish boshladi.
Tadbirda tuman hududidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, professional ta'lim muassasalari, yosh ixtirochilar hamda tadbirkorlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
Universitet matbuot xizmati