TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2022

Xotira – aziz, qadr – muqaddas

       “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori tomonidan Gidrotexnika qurilishi fakulteti “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasiga biriktirilgan Piskent tumanida joylashgan 27 va 34-umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Hamkorlik doirasidagi belgilangan rejada 27 va 34-umumiy o‘rta ta’lim maktablari va universitet o‘qituvchilari birgalikda 2022 yil 7 may kuni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira - aziz, qadri - muqaddas” shiori ostida ma'naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini 27 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida o‘tkazish kelishilgan edi.

Shu kuni kafedra professor-o‘qituvchilari, 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilari 27-maktab hududiga tashrif buyurishdi. Belgilangan tadbirlar va sport musobaqalarida ikkala maktab o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Xususan, sportning futbol, belbog‘li kurash, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha maktablar o‘rtasida musobaqalar tashkil qilindi. Ushbu musobaqalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga va  faol qatnashganlarga universitet nomidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirlar va sport musobaqalarni tashkil qilishda yaqindan hamkorlik qilgan 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan: direktor Dilnoza Boboyeva, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sobit Tojimurodov, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari Muxammad Sultonov, Oybek Bo‘riyev, Anvar Mirzaxamdamovlar va 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan: direktor G.Bo‘riyeva, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mashhura Anorbayeva, jismoniy tarbiya o‘qituchisi Dilshod Normatovlarga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

                                      “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi assistenti B.Shodiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati