TIQXMMI yangiliklari

img
28.10.2022

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha seminar-trening

             Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi tashabbusi bilan “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” bo‘yicha seminar trening tashkil etildi. Tadbir Yoshlar ishlar ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Gumanitar fanlar kafedrasi professor o‘qituvchilar, tyutorlar hamkorligida o‘tkazildi. Seminar treningga universitet xuquq targ‘ibot maskani katta inspektori mayyor Abzal Rixsiboyevich Ubaydullayev  taklif etildi. Ichki ishlar  xodimi tomonidan  “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikdan ximoya qilish to‘g‘risidagi  O‘zbekiston Respublikasining Qonunning mazmuni va ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi va tashkilotlari vakolatlari, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi chora-tadbirlar, ularning turlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni maxsus markazlarga joylashtirish va boshqa maslalar xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Qonunga asosan himoya orderini berish tartibi, muddati, muddatning uzaytirilishi, shuningdek viloyatda bu borada olib borilgan ishlar xususida amaliyot bilan bog‘lagan holda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimi tomonidan mazmunli tarzda tushuntirib berildi. Ma'ruzachilar tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, shuningdek gender tenglikni ta'minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish ishlari bir necha yo‘nalishlarda, xususan, ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirilayotganligi alohida qayd etildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Tadbir tashkilotchilari tomonidan bu kabi seminar va boshqa targ‘ibot tadbirlari kelgusida yana tashkillashtirilishi haqida kelishib olindi.

Universitet matbuot xizmati