“Xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish”
2024 yil 25 aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti 2-talabalar turar joyida katta inspektor, mayor A.Ubaydullayev, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar kengashi a’zolari va talaba-qizlar ishtirokida “Xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda A.Ubaydullayev so‘zga chiqib, jamiyatimizda xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor, ularni jamiyatda erkaklar bilan teng huquqli ekanligi, davlat va jamiyat boshqaruvida birdek sharoitlar yaratib berilayotganligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashga doir qonunchilikdagi kafolatlar, imtiyozlar haqida tushunchalar berdi. Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati