TIQXMMI yangiliklari

img
05.12.2023

Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini - dolzarb sеminar -trеning shaklida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentyabrdagi  06/1-525-sonli topshirig‘i bilan “Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish” vazifasining ijrosi yuzasidan 2023-yil 4-dekabr kuni TIQXMMI - milliy tadqiqot universitetida  “Jamiyatda va oilada xotin-qizlarning o‘rni" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarni universitet xotin-qizlar masaallari bo‘yicha maslaxat kengashi raisi Zuxra Ismailova ochib berdi va mehmonlarni tanishtirib o‘tdi. Seminar – treningni Respublika ma’naviyat targ‘ibot Markazi psixologi Dildora Dadaxo‘jayeva va Toshkent shahar xokimiyati psixologi Nilufar Ergasheva tomonidan o‘tkazildi.

Seminar treningda ayol professor –o‘qituvchilar, dekan maslahatchilari, tyuterlar va talaba-qizlar qatnashdilar. Trening xotin-qizlar orasida ko‘p uchraydigan savollardan ya’ni, jamiyatda va oiladagi o‘rningiz nimadan iborat? Qaysi xolatlarda siz psixologlarga murojat qilasiz? Psixologlar sizga qanday xolatlarda o‘zini yordamini bera oladi? Siz natija olganmisiz psixolog maslahati bilan? Talaba-qizlarda ko‘p uchraydigan xolatlarga nimalar kiradi? Qizlar tarbiyasida  psixologlar qanday fikrda deb bilasiz? Kabi savollar bilan murojat qilgan holda boshlandi? 

Seminar-trening juda qiziqarli va munozarali holatda o‘tkazildi. Xotin-qizlar o‘zlari qiziqqan savollar bilan murojat qildilar va kerakli javoblarni oldilar.