E'lonlar

27.12.2021

Xoshimov Sardorbek Neʼmatjon oʼgʼlining dissertatsiya ishi himoyasi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengashning 2022 yil 14 yanvar kuni soat 1400 dagi navbatdagi yigʼilishi

KUN TАRTIBI

Talabgor Xoshimov Sardorbek Neʼmatjon oʼgʼlining 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi boʼyicha “Suv omborlarini loyqa choʼkindilardan tozalash usulini takomillashtirish (Chortoq suv ombori misolida)” mavzusida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi.

Ilmiy Kengash faoliyat koʼrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.