01.07.2024
Xorijoy hamkorlik aloqalari. Xitoy Xalq Respublikasi-Pekin shahri
25-iyun kuni Beihang universiteti (TOP-400) da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama ta’lim berish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash orqali yerni masofadan zondlash magistratura mutaxassisligini hamkorlikda tashkil etish va yakunda ikki universitetning magistr darajasiga ega bo‘lish borasidagi kelishuvlar muhokama qilindi. Bu boradagi kelishuvlarni imzolash uchun Beihang universitetining vakillari 2024-yilning avgust oyida “TIQXMMI” MTUga tashrif buyurishlari rejalashtirildi. Shu bilan birga universitetning o‘quv auditoriyalari va talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonlari bilan tanishildi. Beihang universiteti rahbariyatiga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.