Xorijiy universitet talabalariga ma’ruza darslari olib borildi
Tabiiy energiya resurslarini tejash va undan samarali foydalanishda, qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarining ahamiyati juda katta. Muqobil energiya manbalarining klassik turlaridan biri biomassa bо‘lib, biomassa turli organik chiqindilarni qayta ishlash orqali energiya ishlab chiqarish bilan bir vaqtda ekologik muammolarni ham hal qilishi mumkin. Qishloq va suv xo‘jaligida hamda energetika tizimlarida bir necha yillardan buyon ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yashil energetika va agroekologiya sohalarida O‘zbekiston va Polsha OTM professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Hamkorlik doirasida Orol dengizining qurigan qismidan olingan tuproqlar hamda “Ammodendrom”, “Halostachys belangeriana”, “Calligonum caput-medusae”, “Salsola arbuskula Pall” va “Haloxylon aphyllum” oʻsimliklarining urugʻlari bilan birgalikda eksperimental tadqiqotlar olib borish masalalari ko`rildi.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori Obid Tursunov ham shu sohadagi bilimlarini xorijiy universitet talabalariga ulashdi. Jumladan, joriy yilning 3-noyabridan 20-noyabrigacha boʻlgan muddatda Polsha Respublikasining Krakov qishloq xoʻjaligi va Krakov texnologiya universitetlarida laboratoriya eksperimental tadqiqotlarini olib borishdi hamda universitet talabalari, tadqiqotchilariga seminar va ochiq ma’ruzalar olib borildi. O.Tursunov Krakov qishloq xoʻjaligi universitetini talabalariga “Comprehensive application of laser biotechnology for extensive production of plant biomass under suboptimal conditions” mavzusida ma’ruza darslarini olib bordi. Dars jarayoni erkin holda savol-javob tarzida olib borildi. Dars mashgʻulotlari talabalrda juda katta qiziqish bilan kuzatildi. Professor O.Tursunovning Polsha Respublikasining Krakov qishloq xoʻjaligi va Krakov texnologiya universitetlaridagi xizmat safari davom etmoqda.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tayanch doktoranti A.Davirov axboroti
Universitet matbuot xizmati