Xorijiy OTMlаr hаmkorlikdа аmаliy mаshgʼulotlаr treningi
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda uzluksiz taʼlim va fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar negizida pedagogik kadrlarni oʼzaro ijtimoiy hamkorlik asosida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida kadrlar masalasiga toʼxtalib, “Oʼzbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qoʼygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm maʼrifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun xorijiy mamlakatlar taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-oʼqituvchilar bilan birga xamqadam boʼlgan holda taʼlim jarayonini tashkil etishdan boshlashimiz lozim, degan fikrlarni bejizga ilgari surmaganlar.
Xorijiy mamlakatlarda keyingi yillarda taʼlim va fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar taʼlimga barcha turdagi ijtimoiy resurslarni jalb qilish zaruriyatini koʼrsatmoqda. Chunki, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning asosini sifatli taʼlim tashkil qiladi. Ijtimoiy islohotlar zamirida jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar oʼqituvchi, pedagoglar tayyorlash samaradorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda barcha boshqa kasb egalari kabi oʼqituvchilar ham globallashuv jarayonlari natijalarini oʼz faoliyatlarida his qilmoqdalar. Bu esa pedagoglarda turli ijtimoiy, psixologik guruh va qatlamlar vakillari bilan ishlash koʼnikmalari shakllangan boʼlishi lozimligini taqozo etadi. Turli davlatlarda psixologik-pedagogik tayyorgarlik nuqtai nazaridan taʼlim tizimi, dasturlari bir-biridan farq qiladi. Pedagogika oliy taʼlim muassasalarida bunday tayyorgarlik odatda birinchi kursdan, universitetlarda esa uchinchi kursdan boshlanadi. Maʼlum bir mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniyada) pedagogika, psixologiya fanlarini va alohida metodikalarni oʼrganish maxsus, ixtisoslashgan markazlarda amalga oshiriladi.
Xamkorlikda tashkil etilgan seminar mashgʼulotimizni tashkil etishda - xorijiy davlatlarda taʼlim sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari zaruriy kasbiy fazilatlar, zaruriy kompetentsiyalar va oʼqitish jarayonlarini tegishli tarzda idrok etadigan oʼqituvchi, pedagoglar yosh avlodning taʼlimini sifat jihatidan oʼzgartirishni takomillashtirish, xorijiy mamlakatlar taʼlim tizimining oʼziga xos xususiyatlarini Respublikamiz oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash va ijtimoiy hamkorlik sohalarini tahlil qilish asosida rivojlantirish muxim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, “Professional taʼlim kafedrasi” mudiri D.I.Muqumova va katta oʼqituvchi А.Jumanov va “Ingliz tili” kafedrasi v.b.dotsenti G.EEshchanovalar magistrlar uchun seminar-trening shaklida amaliy mashgʼulotni tashkil qilishdi. Taklif qilingan ma’ruzachi Britaniya Kengashining Xalqaro loyixalar bo’yicha menejeri, PhD, Buyuk Britaniyaning Hornby Stipendiati, pedagogika bo’yicha falsafa doktori, PhD, “El yurt umidi” Prezident Stipendiati Nilufar Begibaeva bilan “Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalar mustaqil faoliyatini va mustaqil ta’limini tashkil etish” mavzusida onlayn tarzda tashkil etishdi.
Ma’ruzachi xozirgi kunda mustaqil ta’lim ko’nikmalarini takomillashtirishda xorijiy tajribani qo’llasjh bo’yicha bir qator tavsiyalar berildi, jumaladan, Britaniya Kengashining websaytida berilgan Ingliz tilidagi electron resurslar, ulardan foydalanish bo’yicha yoriqnomalar, mustaqil ta’lim uchun berilgan maxsus fanlarning integrallashgan komponentlari bo’yicha ham to’liq ma’lumotlar berib o’tdilar.
Аynan taʼkidlab oʼtilgan fikr va mulohazalar bugungi seminar mashgʼulotimiz orqali olingan maʼlumotlarda oʼz tasdiqini topdi. Xorijiy mamlakatda pedagogik yoʼnalishda ilmiy ishlarini olib boragan pedagogika fanlari nomzodi Nilufar Begibaeva maʼruzachi sifatida magistrlar va yosh pedagoglar uchun qiziqarli maʼlumotlar savol-javob tarzda oʼtkazildi.