TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2022

Xorijiy kompaniyalar bilan xamkorlikda seminar bo'lib o'tdi

Universitetimizda 2022 yil 8-10 fevral kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot Universitetida  “O‘zkeysServis ” o‘zbek-amerika qo‘shma korxonasi Servis markazlari bosh injenerlarini qayta tayyorlash o‘quv kursi o‘z ishini olib bormoqda. O‘quv kursini boshlanishi oldidan “O‘zkeysServis” qo‘shma korxonasining bosh direktori Z.Alimov so‘zga chiqib xozirgi kundagi servis tizimidagi o‘zgarishlar, muammolar, ularni hal etish uchun bosh injenerlar olida turgan vazifalar bo‘yicha ma’ruza qildi.

Bu o‘quv kursini QXM fakulteti “Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasining maxsus xonasida amalga oshirilishi  ma’lum ma’noda talabarga dars beruvchi professor-o‘qituvchilarga ham bog‘liq ekanligi ma’lumdir. SHu sababdan kafedraning professor-o‘qituvchilari ham o‘z chiqishlari bilan qatnashdilar. O‘quv kursining dasturiga asosan barcha viloyatlar bo‘yicha kelgan bosh injenerlarga kafolatda bo‘lgan texnikalar remonti va servis ishlarini bajarilishi, maxsus instrumentlardan foydalanish, ASIST ishlarini bajarilishi, ta’mirlash ishlarini bajarilishi, sifati, qayta ta’mirlash, mutaxassislarni ishga munosabati, diagnostika ishlari, xavfsizlik texnikalari bo‘yicha, ta’mirlash ustaxonalarni holati bo‘yicha, mijozlar bilan ishlash, servis va remont, orginal ehtiyot qismlarni reklama qilish bo‘yicha, transport soatlari bo‘yicha, elektron texnikalardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni berdilar.

 

 

Universitet matbuot xizmati