03.05.2024
Xorij professorlari bilan hamkorlik yo‘lidagi qadam
Bugungi kunda universitetimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish yo‘lida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda va hech kimga sir emaski universitetimizni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari ham tanib ulgurdi.
Kuni kecha universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasiga Vengriya davlatining Obuda universitetidan professor Haya Altaleb tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida Haya Altaleb kafedra laboratoriyalari bilan tanishdi va o‘qish, o‘qitish metodlari bilan qiziqdi. Bundan tashqari kafedra mudiri Rustam Baratov bilan Haya Altaleb Obuda universitetiga talaba, magistr, tayanch doktorant va qolaversa professor o‘qituvchilarning qisqa muddatli tajriba almashinish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.