09.04.2024
“Xon atlas” - milliy g‘ururimiz
"Gidromelioratsiya" fakultetida milliy liboslar haftaligi davom etmoqda. Ya’ni, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining 2024-yil 3-apreldagi 02-01/471-sonli xatining ijrosi sifatida joriy yilning 8 - аprel kuni dars mashg'ulotlari milliy liboslarda olib borildi.
Bundan maqsad, yosh kadrlarni tayyorlashda milliylik va zamonaviylik, milliy meros darajasidagi liboslarni keng targ‘ib qilish, yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy ahloq qoidalarini, did va estetik qarashlarni shakllantirishdan iboratdir.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti
Universitet matbuot xizmati