TIQXMMI yangiliklari

img
28.09.2023

Xon atlas - millat ko‘rki

Libosning xosu mosligi inson uchungina emas, balki butun millatning ko‘rkidir desak, xato bo‘lmaydi. Unda xalqimiz qalbining go‘zalligi, butun bir nafosati, chevarligu kashtachilikda, to‘qimachilik bobida tengsiz ekani namoyon bo‘ladi.

Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan XON ATLAS festivalida “Iqtisodiyot” fakulteti go‘zal qizlari ham zo‘r qiziqish va tayyorgarlik bilan qatnashishdi.  Ushbu go‘zal sheʼr ham ularga baxshida bo‘lsin.

 

Go‘zallarga qo‘shib bersa go‘zal hayo       

Turfa liboslardan o‘zni tiyib yursa    

Jilosiga necha yurt bo‘lgay mahliyo. 

Maftunalar atlas ko‘ylak kiyib yursa,

 

Garchi qizlar qarasa ham zamonaga,

Dil bermasa shu modaning yomoniga         

Kelin bo‘lar ular tillo ostonaga

Anoralar atlas ko‘ylak kiyib yursa.   

 

Kulganida gulday yuzi gulga havas

Mushku anbar ism kelar olsa nafas   

Yal-yal yonib turganida kim tanimas

Xumoralar atlas ko‘ylak kiyib yursa.

 

Azizalar, Shahnozalar, Zulfiyalar

Oy yuzini ko‘rganida oy uyalar.       

Sovchi keti uzilmasdan sovchi kelar,

Zilolalar atlas ko‘ylak kiyib yursa.   

 

Malomatlar qilmang, dardim aytdim xolos

O‘zbek qizi kiyinsinda o‘zbekka xos.

Momolardan bizga qolgan yaxshi meros.   

Qizlaringiz atlas ko‘ylak kiyib yursa.

 

     “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati