"Xon atlas" festivali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 87-sonli Farmonining 56-bandida ko‘rsatilgan “O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, kiyim va kiyinish madaniyatini yuksaltirish, milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish” yuzasidan berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Xon atlas” festivali o‘tkazidi. Festivalda so‘z olganlar o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, kiyinish madaniyati, milliy adras va atlas matolari nihoyatda yuksak tarixga ega ekanligi hamda qadriyatga aylanib ulgurgani, bu liboslarni bugungi kunimizga ham keng targ‘ib lozimligi haqida ta’kidlab o‘tdilar. Festivalda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining talaba qizlari ham ishtirok etishdi. Umid qilamizki, mazkur "Xon atlas" festivali opa-singillarimiz o‘rtasida qadriyatlarimiz va o‘zligimizni unutmagan holda kiyinish madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.