TIQXMMI yangiliklari

img
28.09.2022

“Xokisor bo'lgin, xoking zor bo'lmaydi”

     Joriy yilning 27 sentyabr kuni GM fakulteti 2-kurs 204-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va GM fakulteti tyutori D.Axrarovalar hamkorlikda “Muomala madaniyati – muvaffaqiyatlar kaliti” mavzuida seminar trening o'tkazishdi. Trening talabalarning muomala madaniyatini oshirish, muomala san`ati  orqali jamiyatda o'z o'rnilarini topishga turtki bo'lish maqsadida o'tkazildi. Tadbir davomida talabalarning yon atroflaridagi insonlar bilan munosabatlarini aniqlashga mo'ljallangan “Siz atrofdagilar bilan qanday munosabatdasiz?” mavzusida so'rovnoma olindi va muhokama qilindi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi. Ayniqsa Yaxyobek, Xayrulla, Diyora, Iroda, Aziz, Samandar va Zohidjonlar faol qatnashiishdi. Tadbir bahs munozaraga boy tarzda o'tdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati