Xiyobonda ochiq dars…
Joriy yilning 28 - fevral kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" - Milliy tadqiqot universiteti "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi Pedagogika fanlari doktori (DSc) Nilufar Yuldasheva “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 103 - va 107- (rusiy zabon) guruh talaba-yoshlari bilan “Men sevgan asar – badiiy adabiyotning tasviriy ifodasi” mavzusida “Adiblar xiyoboni” da ochiq dars o‘tkazdi. Dars noan’anaviy usulda tashkil etildi. Har bir talabaga yakka tartibda, so‘ngra kichik guruhlarda ishlashlari uchun oldindan topshiriq berildi. Ya’ni ular xiyobonda haykali o‘rnatilgan bitta ijodkor haqida ma’lumot to‘plashi kerakligi, belgilangan fursat ichida yetib kelib, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov poyida yig‘lib ma’lumotlarni tengdoshlariga o‘zbek tilida so‘zlab berishlari tushuntirildi. Juda katta taassurotlar bilan talabalar ma’lumotlar olishdi va vazifani astoydil bajarishga harakat qilishdi.
Yoshlar O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muhariri Sirojiddin Rauf, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi o`quv metodika va harbiy vatanparvarlik bo`lim boshlig‘i Ma’mura Zohidovalar ishtirokidagi mushoirada ham ishtirok etishdi. Dars juda yangiliklarga boy va qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Dars yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi rahbari, uyushma a’zosi Munira Ramazonova muzeyning tarixi bilan tanishtirdi. Talabalar 1910-yillardan boshlab, mustaqillik davrigacha ijod qilgan adib - ustozlarning asarlari va ijod namunalari bilan yaqindan tanishdilar, eksponatlarni tomosha qildi. Barcha muzeydan katta taassurot olishdi. So‘ngra, universitetimiz talabalari adib, benazir ijodkor, ona-yurt kuychisi Abdulla Oripov haykali poyiga gullar qo‘yishdi.
O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, Pedagogika fanlari doktori (DSc) Nilufar Yuldasheva
Universitet matbuot xizmati