Xitoy suv resurslari va gidroenergetika tadqiqot instituti bilan o’zoro hamkorlik!
Respublikamiz xududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini kengaytirish, jumladan suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvi, chet el oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro xamkorlikni olib borish bo‘yicha islohotlarni izchil amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi a’zolari hamda Xitoy suv resurslari va gidroenergetika tadqiqot instituti (China Institute of Water Resources and Hydropower Research (IWHR)) bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Kafedra mudiri t.f.d. prof. D.R. Bazarov dastlab universitetimiz haqida va uning respublikadagi yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi tutgan o’rni haqida qisqacha ma’lumot berdi. Universitetning xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini joriy etish, ta’lim jarayoniga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Suxbat doirasida malakali mutaxassislarni jalb qilish xududdagi suv tanqisligi sharoitida nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalarning gidrotexnik inshootlarini ekspluatatsiya muammolarining ilmiy asoslangan holda yechimlarini olish, Orol dengizi havzasining ekologik muammolarini o’rganish va ularni bartaraf etish, gidroenergetikani rivojlantirish, Amudaryoning boshqariladigan kaskad rejimiga oʻtish oqibatlari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish belgilandi. Shuningdek hamkorlik kengaytirish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari va magistrlari stajirovkalarini o’tkazish, talabalarning akademik almashinuvini tashkil qilish; ikki mamlakatda doktorlik va postdoktorlik imkoniyatlarini taqdim etish, daryo o‘zanlari va o‘zanlar morfologiyasi, o’zandagi jarayonlar, kichik va o‘rta GESlarni loyihalash bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish; seminarlar va konferensiyalar kabi qo‘shma ilmiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish rejalashtirildi.
Universitet magistrantlari Sh.Sharopov va J. Donaboyev rejalashtirilgan stajirovka va tadqiqot maqsadlari haqida taqdimot qilishdi. Suxbat so‘ngida o’zaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasi va memorandum imzolashga kelishib olindi.