11.07.2024
Xitoy hamkorlik haftasi davom etmoqda
Shihezi universiteti rektor devoni direktori Wu Dayong boshchiligidagi delegatsiyasi «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida bo‘ldi. Uchrashuvda ikki tomonlama olib borilayotgan hamkorlikdagi loyihalar sarhisob qilindi.
Hamkorlikni yanada yuqori pog‘onaga olib chiqish bo‘yicha fikr almashildi. Jumladan, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, yozgi hamda qishki maktablarni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik eng yuqori nuqtaga chiqqanligi, bu o‘rinda ikki universitet hamkorlikni yanada yangi bosqichga olib chiqish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlab o‘tildi.