Xayrli tashabbus, hayrat va hayajonga hamohang lahzalar
Prezident tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida 200 nafardan ortiq taniqli san’atkorlar va kino ijodkorlari ishtirokida joriy yilning 5 mayidan boshlab Qashqadaryo vohasi bo‘ylab turli targ‘ibot va tashviqot tadbirlari, ijodiy kechalar hamda jonli muloqotlar o‘tkazilmoqda. Vohadagi mahallalarda tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va konsert dasturlari har bir tuman (shahar)ning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda joylarda, ayniqsa, olis va chekka hududlarda ham milliy madaniyatimiz, san’atimiz va adabiyotimizni ommalashtirishga qaratilgan milliy filmlar namoyishi hamda madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Shunday ezgu ishlarni davom ettirish maqsadida 15 maygacha davom etadigan “Inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ijodiy kechalar orqali 813 ta mahallalarni qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston xalq artistlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan olimlar, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, rejissyor va estrada xonandalari hamda aktyor-aktrisalar xalqimizga beminnat xizmat qilishmoqda.Viloyatning turli hududlarida bir necha kundan buyon mamlakatimizning eng taniqli sanʼat ahli, kino ijodkorlari, yozuvchi va shoirlari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda.Ayni vaqtda viloyatning barcha hududlarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar bilan bir qatorda ziyolilar, olimlar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati hamda qonunchilikdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Qashqadaryo viloyatidagi mahallalarda tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va konsert dasturlarida ham poytaxtdan kelgan 200 nafardan ortiq san’atkorlar, olimlar, kino arboblari, O‘zbekiston xalq artistlari faol ishtirok etmoqda.
Tadbir davomidan san'atkorlar tomonidan Ko'hna Keshdagi uchrashuvlar mobaynida vatandoshlarimiz uchun ularni raqsga chorlovchi kuy-qo‘shiqlar ijro qilinib, ziyolilar va "Ayollar daftari" qolaversa "Temir daftar" ga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari bilan bevosita muloqotlar uyushtirildi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohоtlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etilish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar mazmun –mohiyati haqida tushuntirish berib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berishmoqda.
Davra suhbatlari muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari tomonidan mahalla ahliga bugungi globallashuv davrida fuqarolar qalbi va ongida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini oshirish, yoshlarning huquqiy immunitetni shakllantirish, qolaversa, qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, hissini uyg‘otish, bu borda "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" kitobining ahamiyati xususida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Ular mahallalardagi muhit bilan tanishib, ayollar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berdi. Xususan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari qatorida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligining mexanizatsiyalash muxandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Zuxra Ismailova va dotsent Jumaniyazxov Raximboylar ham faol qatnashdi. 2022 yil 04 maydan 10 maygаcha Qashqadaryo viloyatining 20 dan ortiq mahallalarida bo‘lib, ularga тadbirlar davomida mamlakatimizda kelajak avlod manfaatini ko'zlab yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarning bundan unumli foydalanib, Vatanimiz bayrog'ini yuqori shohsupalarga ko'tarayotgani haqida gapirildi. Savol-javoblarga asoslangan muloqot jarayonida yoshlar hamda mahalla fuqarolaridan mulohaza va takliflar tinglanib, ularga zaruriy tavsiyalar berildi. Bunday uchrashuvlardan qo‘pgina tassurotlar bilan qaytildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Universitet matbuot xizmati