TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2022

Xayr maktab, xayr sinfdosh

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga tabrigida samimiyatga yo‘g‘rilgan umid va ishonchni his etish mumkin. Umidli va qat'iy maqsad yo‘lida tolmas va sobit bo‘lgan yoshlar yurt istiqbolidir. Davlatimiz rahbari tabriklash asnosida ularga nisbatan mas'uliyat hissi va majburiyat burchini anglatgani ham rost.

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanar ekan, boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Barcha ta'lim muassasalarida bo‘lgani kabi Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ham "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri tantanali tarzda tashkil etildi.

"Xayr, maktab, xayr, sinfdosh" degan qalb sadolari jaranglab turdi. Universitetimiz matbuot kotibi ham tadbirda ishtirok etib o‘quvchi yoshlarni tabriklay turib chop etilgan mualliflik kitoblaridan sovg‘a qildi. O'quvchi va o‘qituvchilar orasidagi bog‘liqlikni ularning mehrli nigohlari, ko‘z yoshlaridan ham bilish mumkin edi. O‘qituvchilar bamisoli o‘z polaponlarini uchishga chog‘lagan qushdek o‘zini his etishardi. Tadbir ko‘ngildagidek o‘tdi.

 

                     Universitet matbuot xizmati