TIQXMMI yangiliklari

img
09.04.2022

Xayol – kashfiyotlarning beshigi

Joriy yilning 7 - aprel kuni YeRB fakulteti 202-206 guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova, YeRB fakulteti tyutorlari D. Xursandova va M. Vafoyevalar yoshlarning orzu va xayollarini kashfiyot qilishga undash va motivatsiya berish maqsadida “Orzu, xayol va g'oyaning o'ziga xos farqi” mavzusida tadbir o'tkazishdi.

Tadbir ishtirokchilariga orzu bilan xayolni chalkashtirmaslik lozimligi, orzu – atrofimizda uchib yuradigan shirin xayol ekani, uni vaqtida ushlash kerakligi, agar ushlamasak, «paypaslab ko'rmasak» va ishga solmasak quruq orzu bilan qolib ketishimiz mumkinligi; g'oya esa amalga oshgan xayol ekanligi, yuksak tafakkur egalarida xayol ko'p hollarda g'oyaga aylangani, tasodifan yaratilgan g'oyalar oddiy bir xayollar negizida yuzaga kelgani va buning orqasidan qanchalik buyuk shaxslar Nobel mukofotiga sazovor bo'lishgani to'g'risida fikrlar bayon etildi. Mark Tven, Albert Eynshteynlarning ajoyib xayolparast bo'lishgani va shu orqali ko'p olamshumul kashfiyotlar qilishgani to'g'risida misollar keltirib o'tildi. 

Tadbir davomida “Shaxsning xayol xususiyatlarini aniqlash” testi o'tkazildi, interpretatsiya qilinib muhokama qilindi.

Tadbir savol javob tarzida o'tkazilgani barcha talabalarga ma'qul keldi va barchalari faol qatnashishdi.

Ayniqsa, Hadiyatullo, Asal, Xondamir, Romazon, Oybeklar juda faol qatnashishdi. 

 

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati