TIQXMMI yangiliklari

img
20.06.2022

Xavfsizlik – hayot talabi

Har bir kasbning, har bir sohaning o’z talab va qonuniyatlari bo’ladi unga amal qilish zaruriy ehtiyojdir. Qolaversa, bu salomatlik va hayot taqozosi hamdir. Nazariy ma’lumot mohiyati amaliy mashg’ulot bilan uyg’un bo’lar ekan, demak, o’quv amaliyoti qoidalariga amal qilish pedagog va talabaning burchidir.

2022 yil 20 iyun kuni "Gidromeliorasiya" fakulteti tyutorlari va "Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi mudiri Xojiyev Aliakbar tomonidan 1 - chi kurs talabalari o’quv amaliyoti oldidan "Texnika-xavfsizligi qoidalari" bilan tanishtirildi.

Ular o’quv amaliyotini  texnika-xavfsizligi qoidalariga amal qilib o’tish lozimligi, aks holda, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noxush holatlar yuzasidan talabalarga tushunchalar berib o’tdi.

Universitet matbuot xizmati