06.05.2022
Xalqlarni birlashtirgan san’atkor
Tamaraxonim - raqs san’ati yulduzi. Tamaraxonim arman millatiga mansub bo’lib, Farg’onada tug’ilib o’sgan va bolaligidan o’zbek xalq qo’shiqlari xamda raqslarini maromiga yetkazib ijro etgan. O’zbekistonning musiqa va sahna sanatini yangi bosqichining shakllanishiga o’z hissasini qo’shgan.
Tamaraxonim tomonidan yaratilgan turli xalqlarning qo’shiq va raqslari butun dunyo davlatlarida millionlab tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’lgan. Mana shunday malumotga GM fakulteti talabalari o’zlarining tyutorlari bilan birga Tamaraxonim uy - muzeyiga qilgan sayohatida ega bo’lishdi.
Fakultet tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati