TIQXMMI yangiliklari

img
21.06.2024

“Xalqaro yozgi maktab – 2024” yakunlandi

2024-yilnng 3-15 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Almata shahridagi “Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti” da tashkil etilgan “Xalqaro yozgi maktab – 2024” o‘z nihoyasiga yetdi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Ekologiya va huquq” fakulteti Yurisprudensiya (transchegaraviy suv munosabatlari) yo‘nalishi 206-guruh talabasi Xudoyberdiyev Xumoyunbek ushbu maktabni muvaffaqiyatli yakunladi. Ikki hafta mobaynida davom etgan ushbu yozgi maktabga dunyoning 15 ga yaqin mamlakatlaridan tadqiqotchi yoshlar va mutaxassislar qatnashdilar. Yozgi maktab ham online, ham offline ko‘rinishida tashkillashtirilib borildi.

Ushbu maktabda 10 ta qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lgan yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, talabamiz “Suv resurslari va suvdan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi” dasturi bo‘yicha online tahsil oldi.

Suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, suv resurslarini integral boshqarish va suvdan foydalanish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va tadqiqotlar bilan tanishish,  xalqaro reyting jurnallariga maqolalar yuborish texnologiyasi va boshqa shu kabi mavzularda seminar-treyninglar bo‘lib o‘tdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X. Ro‘zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati