Xalqaro ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
“VERO GROUPT” kompaniyasining “MACTER BILDING” MCHJ ning resurstejamkor texnologiyalarni loyihalashtirish bo`lim boshlig`i Akdogan Kerem “TIQXMMI” MTU ning “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasining 607- Eko Drip maxsus xonasida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda tomchilatib sug`orish tizimini loyihalashdagi umumiy tushunchalar haqida batafsil to`xtalib o`tildi. Bu bo`yicha har bir ildiz tizimi, tuproq sharoitidan kelib chiqib asoslanishiga har bir ekin uchun turlicha bo`lishligini o`z tajribalari asosida ma’lumotlar ulashdi. Gidromelioratsiya fakulteti talabalari, magistrlari, doktarantlari va professor o`qituvchilari ishtirokida qizg`in savol-javoblar bo`ldi. Turkiyaning qishloq xo`jaligida suv tejamkor sug`orish texnologiyalarni ishlatishda erishilgan natijalari to`g`risida ma’lumotlar berib o`tildi. Ushbu seminarning davomi har shanba kuni 9:00 dan 15:00 ga qadar G-607 xonada o`tkazilishini ma’lum qilamiz.