TIQXMMI yangiliklari

img
20.01.2024

Xalqaro tajribalar ilmiy ishlarga tatbiq etilmoqda

Joriy yilning 19 yanvar kuni universitet izlanuvchisi Tillayev Alisher Xasanovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Методика управления развития профессиональных и личностных компетенций студентов на основе международного опыта”mavzusida kengaytirilgan seminari bo‘lib o‘tdi. Tadqiqot ishidan asosiy maqsad ta’lim jarayonida halqaro tajribalar asosida talabalarning shaxsiy va kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirish orqali talabalarning oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ri tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda talabalarning halqaro oliy ta’lim tazimdagi bevosita ishtirokini yanada mustahkamlashdan iborat.

Kengaytirilgan seminarga universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor T.Z.Sultanov, Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, professor R.K.Chorieyv, universitet ITI va IPKTB boshlig‘I U.Quziyev, Energetika fakulteti dekani, professor A.J.Isakov, Iqtisod fakulteti dekani U.Alimov hamda taklif etilganlar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Buhoro muhandislik-texnologiya instituti, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Jizzax poltiexnika institutining professor o‘qituvchilari hamda tatqiqotchilari ishtirok etishdi. Barcha izlanuvchilarga ilmiy ishlarida omadlar tilaymiz.