TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2024

Xalqaro standartlar asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi 3 bosqich tayanch doktoranti Aziz Haydarov, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish” yuzasidan o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida joylashgan, dunyodagi yetakchi oliy uquv yurtlar reytingida TOP-300 ga kiradigan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universiteti “Meteorologiya va gidrologiya” kafedrasida ilmiy stajirovka o‘tamoqda. Mazkur stajirovkadan Suv resurslarini mukammal boshqarish, yetakchi universitet o‘quv-ilmiy faoliyatini o‘ragish va kelgusida o‘zaro xamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsad qilib olingan.

Universitet matbuot xizmati