E'lonlar

06.04.2022

Xalqaro simpozium

 "YER ISLOHOTI STRATEGIYASINING USTUVOR YO'NALISHLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI

XALQARO SIMPOZIUMI

23-25 may 2022 yil

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent, O'zbekiston

 

AXBOROT XATI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2018 yil 5 iyundagi
PQ-3775-son qarori hamda “Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son; “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son; “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2021yil 8 iyundagi PF-6243-son farmonlari ijrosini ta'minlash maqsadida 2022 yil 23-25 may kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida «Yer islohoti strategiyasining ustuvor yo'nalishlari: muammo va yechimlar» mavzusidagi xalqaro simpoziumni o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi O'zbekistonda yer islohotining eng dolzarb masalalari bo'yicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda jahonda rivojlanib borayotgan zamonaviy va noan'anaviy ilmiy-amaliy ishlar bilan tanishish, yer islohotining samaradorligini oshirish, ilg'or muhandislik va ekologik mexanizmlari va texnologiyalarini joriy etish va tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini va yo'nalishlarini rivojlantirish, shuningdek bu borada fan, ta'lim va amaliyotni rivojlantirish asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan ilmiy-uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.

Mazkur tadbir “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) tomonidan Erasmus+ NICoPA loyihasi doirasida quyidagi hamkorlar bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda:

Xalqaro hamkorlar:

  • Avstriya-Markaziy Osiyo GAT Markazi (ACA*GIScience) ;

  • «Eurasia-Pacific Uninet» tashkiloti, Avstriya;

  • Avstriya Fanlar akademiyasining GAT fanlari komissiyasi, Avstriya;

  • Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti, Avstriya;

  • Budapesht Iqtisodiyot va texnologiya universiteti, Vengriya;

  • Obuda Universiteti, Vengriya;

  • Xorvatiya shimoliy universiteti;

  • Berlin texnika universiteti, Germaniya;

  • Plovdiv qishloq xo‘jalik universiteti, Bolgariya;

  • Pragadagi Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Chexiya;

  • Kosmik texnologilarni boshqarish va injenering konsalting byurosi (ECM space technologies GmbH), Germaniya;

  • Saken Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnika universiteti, Qozog‘iston;

  • Shokan Ualixanov nomidagi Kokchetov davlat universiteti, Qozog‘iston;

  • M. Kozibaev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston davlat universiteti, Qozog‘iston;

  • S.A.Niyazov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti, Turkmaniston;

  • Turkmaniston davlat arxitektura-qurilish instituti, Turkmaniston;

  • Turkmaniston qishloq xo‘jaligi instituti, Turkmaniston.

Milliy hamkorlar:

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo'mitalari;

  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi;

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

  • Adliya vazirligi;

  • Qishloq xo'jaligi vazirligi;

  • Suv xo’jaligi vazirligi;

  • Qurilish vazirligi;

  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi;

  • O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi;

  • Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo’mitasi;

  • Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi;

  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;

  • Savdo-sanoat palatasi;

  • “O’zdavyerliyiha” ilmiy-loyihalash instituti;

  • Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti;

  • O’rmon xo’jaligi ilmiy-tadqiqot instituti;

  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;

  • Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

  • Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi va bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta'lim muassasalari hamkorligi ko'zda tutilgan.

 

Maqolalar quyidagi asosiy mavzular bo'yicha qabul qilinadi:

  • Yangi O’zbekiston sharoitida yer islohotining konsepsiyasi, uni tashkiliy-huquqiy ta'minlash mexanizmlari;

  • Yer islohotining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o'sishni ta'minlashdagi vazifalari va xususiyatlari;

  • Yer islohotining muhandislik asoslari, uni texnologik ta'minlash muammolari;

  • Yerdan foydalanishda ekologik xavfsizlikni ta'minlash yo'nalishlari;

  • Yer bozorini shakllantirishda milliy va xalqaro tajribalar, ularni O'zbekistonda qo'llash mexanizmlari;

  • Yer islohotining investitsiya va hududlarni rivojlantirishga xizmat qilishini ta'minlash muammolari.

Simpozium hay'ati yuqorida keltirilgan anjuman mavzulariga oid yozilgan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. Simpoziumda ilmiy maqolaning taqdimoti (prezentatsiya) yoki poster bilan ishtirok etish mumkin. Taqrizdan o’tgan va simpoziumga qabul qilingan ingliz tilidagi ilmiy maqolalar SCOPUS yoki Web of Science ilmiy bazalarida indekslangan ekspertlar tomonidan ko'rib chiqilgan jurnalda nashr qilinadi. Rus va o’zbek tilida yozilgan va ekspertlar tomonidan ko'rib chiqilgan boshqa maqolalar Хalqaro Simpozium maqolalar to’plamida chop etiladi.

Simpoziumda ishtirok etmoqchi bo’lganlar poster yoki taqdimot (prezentatsiya) uchun ilmiy maqolalarini topshirishga taklif qilamiz. Simpozium ilmiy kengashi qatnashchilarning ilmiy maqolalarini taqrizdan o’tkazish orqali tanlab oladi va taqdimot uchun tavsiya qiladi.

Ushbu axborot xatini simpozium mavzulari bo’yicha qiziqqan barcha professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba va magistrantlar hamda mutaxassislarga tarqatishingizni so'rab qolamiz.

Maqolalarni qabul qilish 2022 yilning 30 apreliga qadar amalga oshiriladi.

Bir nafar muallifdan ko'pi bilan ikkita maqola qabul qilinadi.

Pandemiya sharoiti tufayli mazkur simpozium onlayn hamda oflayn tarzda o'tkaziladi. “TIQXMMI” MTUda simpoziumda oflayn tarzda shaxsan ishtirok etish uchun simpozium tashkilotchilariga bog’lanishingizni so’raymiz.

Maqolalarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari:

  1. Iltimos, maqolangizni (5-15 bet) IMRAD strukturasi bo’yicha berilgan namuna asosida professional ingliz tilida (Proofreading qilingan holda) tayyorlang :

  2. Maqolangizni quyidagi manzilga yuboring: giconferences2022@gmail.com

  3. Simpozium kengashi tasdiqini kuting.

Taqdim etilgan maqolalar maxsus plagiat dasturida tekshiriladi va har qanday etik qoidabuzarlik jiddiy ko'rib chiqiladi.

 

RO'YXATDAN O’TISH VA TO'LOVLAR

Har bir maqolani chop ettirish to’lovi miqdori – $150 (SCOPUS/ Web of Science jurnallarida)

Har bir maqolani chop ettirish to’lovi miqdori – 200.000 so’m (Хalqaro Simpozium maqolalar to’plamida)


 

Ro'yxatdan o'tish, to’lovlarni amalga oshirish, simpozium dasturi va vizaga murojaat qilish tartib-qoidalari bo’yicha ma’lumotlar zarur bo’lsa, simpozium tashkiliy qo’mitasiga murojaat qiling.

Sizni Xalqaro simpoziumda kutib qolamiz!

 

Simpozium koordinatorlari:

Abdurashid Altiyev, giconferences2022@gmail.com,

Ilhom Abdurahmanov, giconferences2022@gmail.com, ilhom.isakovich@gmail.com

Simpozium kotibi:

Sayfuddin Sharipov, giconferences2022@gmail.com,

Akbarjon Xamraliyev, giconferences2022@gmail.com, khamraliyev@mail.ru

Tel.: +998999999110 (telegram bor)

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU). Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O’ZBEKISTON