Xalqaro OTMlar ishtirokidagi 2023 Taʼlim Ko‘rgazmasi O‘zbekistonda
Joriy yilning 6-oktabr sanasida xalqaro OTMlar ishtirokidagi Taʼlim Ko‘rgazmasi Toshkent shaxrining Wyndham Mexmonxonasida tashkil qilindi.Ko‘rgazma o‘z ishini 2-oktyabr sanasida Qozog‘istonning Astana, Chimkent va Alma ota shaxarlarida boshlab, yakuniy bosqichini poytaxtimizda o‘tkazdi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmada dunyoning bir qator mamlakatlaridan,jumladan AQSH, Vengriya, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Malayziya va boshqa davlatlar Oliy Taʼlim muasssasalari vakillari tashrif buyurib, mavjud bo‘lgan bakalavr, magistr va doktorantura bosqichlaridagi taʼlim dasturlari haqida tashrif buyuruvchilarga batafsil maʼlumotlar berishdi.Turli maktab bitiruvchilari, OTMlarning bakalavr va magistr bosqich bitiruvchilari, tadqiqotchilar va o‘z farzandlarining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota- onalar ham tashrif buyurishdi.
Shuningdek, ko‘rgazma jarayonida seminar-treyninglar ham tashkil qilinib, tashrif buyuruvchilarning tanlagan OTMlaridan kelib chiqib, sho‘balarni erkin tanlash imkoniyati taqdim etildi.
Ushbu ko‘rgazmada “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetining yaqin hamkori xisoblanmish Vengriyaning Obuda Universiteti vakillari ham ishtirok va “Ingliz tili” kafedrasi v.b.dotsenti Go‘zal Eshchanova Obuda Universiteti vakillari bilan hamkorlikda, ayniqsa “Marketing” bo‘limi boshlig‘i Charron Gyorgyi Zsuzsanna bilan tashrif buyuruvchilarga Obuda Universiteti Taʼlim dasturlari, Vengriya Stipendiyasi (Hungaricum Stipendium) tanlovi haqida, tanlovda ishtirok etish uchun talab qilinuvchi hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasidan tanlovda yiliga yetarli miqdorda nomzodlarni grant asosida qabul qilinishi haqida atroflicha maʼlumotlar berib, tan olingan xalqaro sertifikatlar va ularni qo‘lga kiritishda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim-ko‘nikmalar haqida ham batafsil toxtalishdi.
Ko‘rgazmada “universitetimizning “Iqtisod” fakulteti decani Prof. R.Xakimov, “Professional taʼlim” kafedrasi mudiri, dotsent D.Muqimova, “Ozbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Qodirova va boshqa professor-o‘qituvchilar va universitetimizning bitiruvchi talabalari ishtirok etishdi. Shuningdek, universitetimiz qo‘shidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining faol ishtiriklari, o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib, tanlagan OTMlari bo‘yicha savolarga to‘liq javob olishdi.
Umid qilamizki, bu kabi xalqaro taʼlim ko‘rgazmalar vatanimiz yoshlarini puxta bilim olishlariga, xayotda munosib o‘rin egallashiga va vatanimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishlariga yaqindan yordam beradi.