TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2022

Xalqaro oilalar kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 15-maydagi rezolyutsiyasiga koʻra, bu kun "Xalqaro oilalar kuni" sifatida eʼtirof etilgan.

2022 - yil 13 - may kuni GIM fakulteti Xotin-qizlar maslaHat kengashi tashabbusi bilan  4-TTGda “Xalqaro oilalar kuni”  munosabati bilan “Oila- ma`naviyat va qadriyat beshigi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Fakultet xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova  “Oila – kichik Vatan, oila tinch boʻlsa, yurt tinch boʻladi”. Tinch oilalarda buyuklar yetishib chiqadi. 

Jahon madaniyati xazinasiga hissa qo`shgan allomalarni, millat ozodligi kurashchilarini dunyoga keltirgan, tarbiyalagan ham oʻzbek oilasi ekanligi, ildizi baquvvat, poydevori mustahkam, avlod-ajdodlari shaʼnini pok saqlovchi, milliy qadriyatlar, urf- odatlarimizni oʻrganib avlodlarga yetkazuvchi sadoqatli oila hamisha mustahkam bo`lishi haqida gapirdi. Tadbirda ishtirok etgan dotsent X. Botirova ham  inson hayoti oiladan boshlanishi, bu yerda u shaxs sifatida shakllanadi. Oila yetuk jamiyat barpo etuvchi mehr, hurmat va hamjihatlik manbai ekanligi oila farovonligi mamlakat taraqqiyotining o‘lchovi ekanligi  haqida to`xtaldilar. Shunindek, talaba-qizlar ham  so`zga chiqib o`z fikr  mulohazalari bilan o`rtoqlashdilar.

Zero, oila asrlar davomida shakllanib kelayotgan jamiyatimizning mustahkam poydevori va uni harakatga keltiruvchi qudratli kuch hisoblanadi. Oilaning ijtimoiy-maʼnaviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligining asosiy negizini tashkil etadi.

Universitet matbuot xizmati