27.09.2022
Xalqaro ko'rik-tanlov g'oliblari
Joriy yil 24-25 -sentabr kunlari Samarqandda ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishgan, tadqiqotchi, izlanuvchan hamyurtlarimizning "Tashabbuskor islohotchi" Xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Quvonarlisi shundaki “Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti” Milliy Tadqiqot Universitetidan “Gidromelioratsiya” fakulteti “Ekologiya va Suv Resurslarini Boshqarish” kafedrasi tayanch doktoranti Nasibov Boburbek Rustamjon o’g’li va mustaqil izlanuvchi Alimova Madinaxon Iskandar qizi ushbu tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib ushbu tanlovda “Tashabbuskor Islohotchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.