TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2023

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

2023-yilning 26-28-aprel kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Moskva davlat Qurilish Milliy tadqiqot universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Qarshi magistrali kanali ekspluatatsiya boshqarmasi bilan hamkorlikda «Construction the Formation of Living Environment» (FORM-2023) hamda Mechanics, Hydraulics and Water Resources Resources Engineering» (Conmechydro 2023) mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyalardan ko‘zlangan asosiy maqsad texnologik modernizatsiyani ta’minlash, xalqaro integratsiyani rivojlantirish, qurilish va suv xo‘jaligi tarmoqlari sohasida kadrlar va ishlab chiqarish salohiyatini jadal rivojlantirish uchun raqobatbardosh va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan tadqiqot va ishlanmalar sektorini shakllantirishga ko‘maklashish; ilmiy va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Konferensiya ishtirokchilariga "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich, MGSU ilmiy-tadqiqot instituti rektori Akimov Pavel Alekseyevich, Karshi muhandislik iqtisodiyot instituti rektori Bozorov Orifjon Shadiyevich, Qarshi magistral kanalining foydalanish boshqarmasi boshlig‘i, Oliy Majlis senatori Qurbonov Ilhom Uzakovich, Belarus milliy texnika universiteti prorektori Nikolaychik Yuriy Aleksandrovich, Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti laboratoriyasi mudiri Vatin Nikolay Ivanovichlar tabrik so‘zlarini yo‘lladi.

Konferensiyada asosiy ma’ruzachilar sifatida MGSU ilmiy-tadqiqot instituti Gidravlika va gidrotexnika qurilishi kafedrasi mudiri, t.f.n. professor Kozlov Dmitriy Vyacheslavovich, IiVP ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, t.f.n. professor Glovatskiy Oleg Yakovlevich, MGSU ilmiy-tadqiqot instituti qurilish va nazariy mexanika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Kuznetsov Sergey Vladimirovich, Nasos stansiyalari kafedrasi dotsenti t.f.n. Shaazizov Farrux Shoakbarovich va SpBPU O’z-o‘zini tiklaydigan konstruktiv materiallar laboratoriyasi mudiri, Vatin Nikolay Ivanovichlar ishtirok etdi.

 

Konferensiyalarning ilmiy seksiyalari ishida Afg‘oniston, Bolgariya, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Suriya, Tojikiston, kabi xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbirni “O’zbekiston 24" telekanalida yoritish rejalashtirilgan.